Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yildagi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini ma'lum qildi.
6 iyul kuni Portugaliya 1/8 final bahsida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
– Avvalo, futbol uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Barchamiz sizning Messi bilan raqobatingizdan zavq oldik. Siz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yin oldidan nimalarni his qilyapsiz? Bu yerdagi muxlislarga nima demoqchisiz?
– Bu mening so‘nggi Jahon chempionatim bo‘ladi (kuladi)... Qiziq savol, menga yoqdi. Oxir-oqibat insonlar qoladi. Bizga muxlislik qiladiganlar, unutilmas lahzalarni hadya eta oladiganlarimiz. Shuningdek, biz bilan birga mehnat qiladigan odamlarni ham ko‘ryapman. Bu — ajoyib xotiralar.
Parvoz paytida bir bort kuzatuvchisi argentinallik ekanini darhol sezdim. Buni faqat menga qarashi orqali tushundim. Unga: «Sening argentinallik ekaningni bilaman. Menga qarading-u, darrov nigohingni olib qochding. Sizlar meni yoqtirmaysizlar...» dedim. Ammo rafiqam — argentinallik. Shuning uchun hammasi joyida.
Har bir lahzadan zavqlanish kerak. Ha, bu mening so‘nggi Jahon chempionatim bo‘ladi. Undan to‘liq bahramand bo‘lishni istayman, — deya 41 yoshli forvardning so‘zlarini keltiradi Record.
«Har lahzadan bahramand bo‘lmoqchiman» — Ronaldu JCH-2026 uning so‘nggi mundiali ekanligini tasdiqladi
Futbol
5 iyul, 15:25
41 yoshli hujumchi 2030 yildagi Jahon chempionatida o‘ynamaydi.
Foto: Getty Images