Live
1
O'zbek

Belgiya futbol federatsiyasi FIFAning Balogun bo'yicha qarorini tanqid qildi

Futbol
5 iyul, 16:15
Belgiya tomoni AQSH hujumchisining Jahon chempionati 1/8 finalida maydonga tushishiga e'tiroz bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Belgiya futbol federatsiyasi FIFAning Balogun bo'yicha qarorini tanqid qildi
Foto: Getty Images
06.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH - : - Belgiya Belgiya

Belgiya futbol federatsiyasi AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan FIFA qabul qilgan qarordan noroziligini bildirdi. Bu haqda xorij matbuoti xabar bermoqda.

Gap shundaki, FIFA futbolchining qizil kartochkasi bo'yicha diskvalifikatsiyani vaqtincha to'xtatdi. Natijada Balogun Belgiya milliy jamoasiga qarshi Jahon chempionati 1/8 final bahsida maydonga tushishi mumkin.

Belgiya futbol federatsiyasi vakillari bu qarordan hayratda qolganini ma'lum qildi. Ularning ta'kidlashicha, amaldagi turnir reglamenti va FIFA Intizom kodeksiga muvofiq, qizil kartochka olgan futbolchi keyingi bahsni avtomatik ravishda o'tkazib yuborishi lozim.

Shuningdek, Belgiya futbol federatsiyasi FIFA qaroriga nisbatan qanday huquqiy choralar ko'rish mumkinligini o'rganayotganini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, AQSH va Belgiya o'rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bahsi 7 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar