Live
1
O'zbek

Tramp FIFAga Balogun bo‘yicha qarori uchun minnatdorlik bildirdi

Futbol
5 iyul, 14:10
AQSH prezidenti hujumchining diskvalifikatsiyasi to‘xtatilganini adolatli qaror deb baholadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Tramp FIFAga Balogun bo‘yicha qarori uchun minnatdorlik bildirdi
Foto: Getty Images
06.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH - : - Belgiya Belgiya

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi vaqtincha to‘xtatilgani uchun FIFAga minnatdorlik bildirdi.

«To‘g‘ri qaror qabul qilib, katta adolatsizlikni bartaraf etgani uchun FIFAga rahmat!» — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Intizom qo‘mitasi Balogunning Bosniya va Gersegovina milliy jamoasiga qarshi JCH-2026 1/16 final bahsida (2:0) olgan qizil kartochkasi sabab belgilangan bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiyani bir yil muddatga sinov tariqasida to‘xtatib turgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu qaror tufayli Folarin Balogun 7 iyul kuni Belgiya milliy jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 1/8 final uchrashuvida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar