Live
1
O'zbek

Oq uy Balogunning diskvalifikatsiyasini kechiktirishni FIFAdan so‘ragan — Jeykobs

Futbol
5 iyul, 14:20
AQSH hukumati hujumchining Belgiya bilan bahsda maydonga tushishi uchun FIFAga murojaat qilgani aytilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Oq uy Balogunning diskvalifikatsiyasini kechiktirishni FIFAdan so‘ragan — Jeykobs
Foto: Getty Images
06.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH - : - Belgiya Belgiya

AQSH prezidenti qarorgohi — Oq uy AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini kechiktirish bo‘yicha FIFA va tashkilot prezidenti Janni Infantinoga bevosita murojaat qilgan.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, murojaat Balogunning JCH-2026 1/8 finalida Belgiya milliy jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etishini ta'minlash maqsadida qilingan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA Intizom qo‘mitasi Balogunning Bosniya va Gersegovina milliy jamoasiga qarshi 1/16 final uchrashuvida (2:0) olgan qizil kartochkasi uchun belgilangan bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiyani bir yil muddatga sinov tariqasida to‘xtatib qo‘ygandi. Shu sababli hujumchi Belgiya bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan AQSH — Belgiya uchrashuvi 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar