Live
1
O'zbek

Ronaldu va Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin

Futbol
5 iyul, 14:55
Mukofot reglamenti Yevropadan tashqarida to‘p surayotgan futbolchilarga ham g‘olib bo‘lish imkonini beradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ronaldu va Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

Mukofot tashkilotchilarining eslatishicha, 2007 yildan buyon «Oltin to‘p» uchun nomzod bo‘lishda futbolchining qaysi mamlakat yoki qaysi chempionatda to‘p surishi bo‘yicha hech qanday cheklov mavjud emas.

Dastlab ushbu sovrin faqat yevropalik futbolchilarga topshirilgan. 1995 yildan boshlab fuqaroligidan qat'i nazar, Yevropa chempionatlarida o‘ynayotgan barcha futbolchilar mukofot uchun da'vogarlik qila boshlagan. 2007 yildan esa bu talab ham bekor qilinib, dunyoning istalgan klubida to‘p surayotgan futbolchilar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qoida joriy etilganidan beri Yevropadan tashqarida o‘ynab turib «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. Biroq u mukofotni 2022 yilgi jahon chempionati va «PSJ»dagi o‘yinlari uchun olgan, «Inter Mayami»dagi faoliyati bu hisobga kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p» g‘olibi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e'lon qilinadi.

Bugungi yangiliklar