«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesning qiz o‘rtog‘i Valentina Servantes futbolchining Madridning «Real» klubiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Yo‘q, aslida, hammasi yaxshi. O‘g‘lim Angliyada tug‘ildi. O‘sha yerda maktabga boradi, shu sababli men juda ham xursandman. Istalgan jamoa menga ma’qul. Qanday jamoa bo‘lishidan qat’i nazar, hammasi yaxshi bo‘ladi», — deya Servantesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi El Chiringuito.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fernandesning agenti Xaver Pastore futbolchining London klubidan ketishi ehtimoli haqida gapirgandi va Madrid jozibali yo‘nalish ekanligini ta’kidlagandi.