Live
1
O'zbek

«Liverpul» o‘yinchisi «Nottinghem»da Andersonning o‘rnini egallashi mumkin

Futbol
5 iyul, 16:33
Klub «Liverpul» yarimhimoyachisi Kyortis Jonsni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Liverpul» o‘yinchisi «Nottinghem»da Andersonning o‘rnini egallashi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

«Nottinghem Forest» «Liverpul» yarimhimoyachisi Kyortis Jonsni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda va uni «Manchester Siti»ga o‘tgan Elliot Andersonning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Jons bu yozda mersisayd klubini tark etishni niyat qilmoqda. «Liverpul» 25 yoshli futbolchisi sotuvidan 35-40 mln funt sterling (40-45 mln yevro) ishlab olishni mo‘ljallagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Jons barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

O‘yinchinning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Jonsning aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar