Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti zamonaviy futbolda faqat iste'dod hisobiga yirik turnirlarda g'alaba qozonishning imkoni yo'qligini aytdi.
«Braziliya ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib beradigan mamlakat. Masalan, Endrik va Estevao juda yosh, ammo favqulodda iste'dodli futbolchilar. Iste'dod genetika, infratuzilma, madaniyat va mamlakatning futbol an'analari orqali shakllanadi.
30 yil avval iste'dodning o'zi g'alaba qozonish uchun yetarli edi. Bugun esa bunday emas. Uni professionallik, bilim, jismoniy tayyorgarlik, jiddiy yondashuv va kuchli xarakter bilan mustahkamlash kerak. Ana shundagina iste'dod hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin», — deya Anchelottining so'zlarini Goal nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis 1994 yilgi Jahon chempionatida Italiya milliy jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. O'sha turnir finalida italiyaliklar Braziliyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandi.