Bugun
6
O'zbek

Diallo JCH-2026 doirasida Norvegiya darvozasiga urgan goli haqida: «Bu ushalgan orzu»

Futbol
1 iyul, 03:38
Kot-d’Ivuar milliy jamoasi va «MYU» vingeri JCH 1/16 final bosqichida Norvegiya darvozasiga urgan goli haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Diallo JCH-2026 doirasida Norvegiya darvozasiga urgan goli haqida: «Bu ushalgan orzu»
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

Kot-d’Ivuar milliy jamoasi va Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi vingeri Amad Diallo jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Norvegiya (1:2) darvozasiga urgan goli haqida gapirdi.

«Bu ulkan yutuq, sababi bu ushalgan orzu. Men doim eng yirik futbol musobaqasida maydonga tushishni istardim, shunday ekan unda gol urish aql bovar qilmas natija. Qaysidir ma’noda mag‘lubiyat ham bir g‘alaba», — deya Amad Diallo so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichida Norvegiya Braziliya milliy jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi. 1/16 finalda pentakampeonlar Yaponiya milliy jamoasi ustidan irodali g‘alabaga (2:1) erishdi.

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar