Jahon chempionatining navbatdagi 1/16 final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limning o‘zida raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan mezbonlar ishonchli g‘alabani tantana qildi.
Endi Meksika 1/8 finalda Kongo DR va Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 1/16 final
Meksika – Ekvador
Gollar: 22 - Xulian Kinones, 31 - Raul Ximenes.
Meksika: Ranxel, Sanches, Vaskes, Montes, Galyardo, Lira, Romo (Vargas 73), Mora (Guterres 58), Kinones (Pineda 80), Alvarado (Reyes 80), Ximenes (Santiago Ximenes 74).
Ekvador: Galindes, Inkapiye, Pacho, Ordones (Presyado 46), Franko (Medina 46), Kaysedo, Vite, Angulo (Paes 79), Yeboa (Kaysedo 79), Valensiya (Rodriges 59), Plata.
Ogohlantirishlar: Alan Franko (45+1), Kendri Paes (90+3), Moyses Kaysedo (90+9)
Chetlatish: Pero Inkape (90+5)