Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi yarimhimoyachi Lamin Yamal jamoadoshi Pedrini afsonaviy Andres Inesta bilan o‘xshashligi haqida gapirdi.
18 yoshli vingerning ta’kidlashicha, 23 yoshli xavbek o‘z kumiriga nafaqat maydondagi harakatlari bilan o‘xshab ketadi.
«Pedri menga Inestani eslatib yuboradi. Juda ham. U ham xuddi Andreas kabi barcha hurmat qiladigan va yaxshi ko‘radigan futbolchiga aylandi», – deya Yamal so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Universal.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyul tunda jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Ispaniya milliy jamoasi Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.