Jahon chempionati 1/16 final o‘yinlari davom etmoqda. Norvegiya Kot-d’Ivuarga qarshi bellashdi.
Unda yevropaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Norvegiyaliklar safida Nusa va Holand gollarga mualliflik qildi. Afrika jamoasi tarkibida Diallo yagona golni urdi.
Shunday qilib, Skandinaviya 1/8 finalda Braziliya bilan bellashadi.
JCH-2026. 1/16 final
Kot-d'Ivuar – Norvegiya 1:2
Gollar: Diallo 74 – Nusa 39, Holand 86
Kot-d'Ivuar: Fofana, Konan, Kossunu, Due, Agbadu, Kessie, Sangare, Ulay (Diallo, 60), Bonni (Vahi, 60), Diomande, Pepe (Diakate, 87).
Norvegiya: Nyuland, Aer, Volfe, Pedersen, Heggem, Berg, Berge, Edegor, Sørlot (Bobb, 71), Holand, Nusa.