Bugun
3
O'zbek

Juan Jesus "Napoli"ni tark etdi

Futbol
30 iyun, 13:49
Futbolchi 5 mavsum davomida Neapol klubida to'p tepdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Juan Jesus "Napoli"ni tark etdi
Фото: Getty Images

"Napoli" klubi braziliyalik himoyachi Juan Jesusning klubdan ketishini e'lon qildi.

Neapol klubi 35 yoshli futbolchi bilan shartnomasi yakuniga yetayotgan bois unga minnatdorchilik bildiradi.

2021 yilning avgust oyida "Napoli"ga kelib qo'shilgan Juan klub safida 130 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi. U ikkita chempionlik titulini va o'tgan yil 22 dekabrda Italiya Superkubogini qo'lga kiritishga o'z hissasini qo'shdi.

Klub unga kelajakda barcha yaxshiliklarni va sport faoliyatida omad tilaydi", — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar