«Napoli» yaqin vaqt ichida yarimhimoyachi Skott Maktominayga yangi shartnoma taklif qiladi.
Football Italia xabariga ko‘ra, klub prezidenti Aurelio De Laurentis va sport direktori Jovanni Manna kelgusi haftalarda shotlandiyalik futbolchi bilan uchrashib, yangi bitim shartlarini muhokama qiladi.
Hozirgi shartnomaga ko‘ra, Maktominayning «Napoli» bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Maktominay JCH-2026da Shotlandiya safida ishtirok etib, guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunlagan va turnirni tark etgan.
28 yoshli yarimhimoyachi 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»dan «Napoli»ga ko‘chib o‘tgan. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.