Kanada milliy jamoasi yarimhimoyachisi Stefan Eustakio JCH-2026 1/16 finalida JAR ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu g‘alaba uchun juda ko‘p mehnat qildik va uni barcha kanadaliklarga bag‘ishlamoqchi edik. Biz o‘zimizga ishonishdan hech qachon to‘xtamadik va tinimsiz mehnat qildik.
Gol ajoyib chiqdi, ammo zarba berganimda go‘yo butun jamoa men bilan birga to‘p tepganini his qildim. Har bir jamoadoshim bu golga o‘z hissasini qo‘shdi. To‘p darvozaga kirganidan juda xursandman.
Marokash yoki Niderlandiya bizning o‘yinimizni ko‘rib, keyingi bosqichda ularni ushbu Jahon chempionatidagi eng qiyin bahslardan biri kutayotganini tushunishini istaymiz. Menimcha, biz ajoyib ishni amalga oshirdik. Oldinda bizni yana zo‘r o‘yin kutmoqda», — dedi Eustakio.
Eslatib o‘tamiz, Kanada 1/8 finalda Niderlandiya – Marokash juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.