JAR milliy jamoasi bosh murabbiyi Ugo Broos Jahon chempionati pley-off bosqichi tarixidagi rekord muallifiga aylandi.
74 yoshli mutaxassis mundial pley-offida jamoani boshqargan eng yoshi katta murabbiy sifatida tarixga kirdi. U rekordni jamoasining ushbu bosqichdagi ilk uchrashuvidan avval o‘rnatdi.
Ta'kidlash joiz, JAR o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Hatto 2010 yilda o‘z maydonida o‘tgan mundialda ham afrikaliklar bu natijaga erisha olmagandi.
JAR 1/16 finalda musobaqa mezbonlaridan biri hisoblangan Kanada jamoasiga qarshi maydonga tushadi.