JCH-2026 guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, 72 ta uchrashuvda jami 999 nafar futbolchi maydonga tushdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Jahon chempionatida tarixda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirok etmoqda. Guruh bosqichi yakunlangach, 16 ta milliy jamoa turnirni tark etdi, qolgan 32 ta jamoa esa pley-off bosqichida sovrin uchun kurashni davom ettiradi.
1/16 final bosqichining ilk uchrashuvi JAR va Kanada jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs bilan JCH-2026ning pley-off bosqichiga rasman start beriladi.