Live
2
O'zbek

«Nottinghem Forest» Anderson o‘rniga Kertis Jonsni nishonga oldi

Futbol
28 iyun, 15:20
«O‘rmonchilar» «Liverpul» yarimhimoyachisini transfer qilmoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Nottinghem Forest» Anderson o‘rniga Kertis Jonsni nishonga oldi
Foto: Getty Images

«Nottinghem Forest» markaziy yarimhimoyachi Kertis Jonsni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, «o‘rmonchilar» Elliot Andersonning «Manchester Siti»ga o‘tishi kutilayotgani sabab uning o‘rniga yangi yarimhimoyachi izlamoqda. Nomzodlar ro‘yxatidan 25 yoshli «Liverpul» futbolchisi Kertis Jons ham o‘rin olgan.

Avvalroq Jonsga Milanning «Inter» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq «Liverpul» italiyaliklarning ikki taklifini ham rad etgan.

O‘tgan mavsum Kertis Jons barcha musobaqalarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar