«Sanderlend» «Chelsi»ning Granit Jakani transfer qilish borasidagi taklifini rad etdi.
The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi 33 yoshli yarimhimoyachi uchun 9,3 million yevro taklif qilgan. «Chelsi» bu summani asosli deb hisoblagan bo‘lsa-da, «Sanderlend» bunday taklifni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan deb baholagan.
Manbaga ko‘ra, klub ushbu taklifni futbolchi va jamoaga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilgan hamda Angliya Premyer-ligasidagi boshqa klublarga ham Granit Jaka hech qanday sharoitda sotilmasligini bildirgan.
2025/26 yilgi mavsumda Jaka barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali shveysariyalik futbolchining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.