MRT tekshiruvlari Manuel Ugartega old xochsimon bog'lamlari uzilganini tasdiqladi. Bu haqda «Manchester Yunayted» matbuot xizmati ham xabar berdi.
25 yoshli yarimhimoyachi Urugvay milliy jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionati doirasidagi Ispaniyaga (0:1) qarshi bahsda og'ir jarohat oldi. U to'p uchun kurash paytida jamoadoshi Matias Oliveraga to'qnashib ketmaslik uchun keskin to'xtadi. Shundan so'ng futbolchi yerga yiqildi va mustaqil tarzda o'rnidan tura olmadi. Keyin u zambilda maydondan olib chiqib ketildi.
Ingliz OAVlariga ko'ra, yarimhimoyachi uzoq muddatga safdan chiqdi.
Ugarte yaqin soatlar ichida Yevropaga jo'nab ketadi va tiklanish jarayonini «MYU» tibbiy shtabi nazorati ostida boshlaydi.
Ugartening uzoq muddatga safdan chiqqani tasdiqlandi
Futbol
28 iyun, 16:40
«MYU» yarimhimoyachisi Urugvay safida Ispaniyaga qarshi o'yinda xo'jsimon paylaridan og'ir jarohat oldi.
Foto: Getty Images