Live
6
O'zbek

APL yangi mavsumi 21 avgustda start oladi

Futbol
19 iyun, 06:15
2026/2027-yilgi mavsumni «Arsenal» — «Koventri Siti» o‘yini ochib beradi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
APL yangi mavsumi 21 avgustda start oladi
Foto: Gettyimages

Bu haqda Angliya Premer-ligasi rasmiy saytida xabar berildi.

APL saytida 2026/2027-yilgi mavsum taqvimi taqdim etilgan bo‘lib, u 21-avgust kuni «Arsenal» — «Koventri Siti» bahsi bilan start oladi.

APL 2026/2027-yilgi mavsum 1-tur o‘yinlari:

21-avgust, juma:
«Arsenal» — «Koventri Siti».

22-avgust, shanba:
«Hall Siti» — «Manchester Yunayted»;
«Everton» — «Kristal Pelas»;
«Ipsvich Taun» — «Sanderlend»;
«Nottinghem Forest» — «Lids Yunayted»;
«Brentford» — «Tottenhem».

23-avgust, yakshanba:
«Brayton» — «Aston Villa»;
«Manchester Siti» — «Bornmut»;
«Nyukasl Yunayted» — «Liverpul».

24-avgust, dushanba:
«Fulhem» — «Chelsi».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar