O'zbekiston milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ja'far Irismetov «oq bo'rilar»ning JCH-2026da guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish imkoniyatiga ega deb hisoblaydi.
Mundialdagi debyut bahsida O'zbekiston Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa guruh bosqichidagi qolgan o'yinlarda Portugaliya va Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
«Kannavaro tarkib va taktika o'zgartirmasa kerak. Biz qarshi hujumlarga juda yaxshi chiqamiz, to'pni ushlab tura oladigan futbolchilarimiz bor, yaxshi hujumchilarimiz ham yetarli, masalan, Shomurodov. Ortdan hujumni qo'llab-quvvatlay oladigan iqtidorli futbolchilarimiz ham mavjud.
Ronalduni to'xtatish haqida aytsam, uning hozirgi formasi qanday ekanini bilmayman. Menimcha, asosiy xavf Bruno Fernandes va boshqa futbolchilardan keladi. Lekin Ronaldu — bu Ronaldu. U maydonda unchalik yorqin ko'rinmasligi mumkin, ammo baribir gol urishni biladi. Shuning uchun unga qarshi alohida shaxsiy qo'riqchi qo'yish kerak deb o'ylamayman.
Kuchimiz — jamoaviy o'yinda. Agar ularga keng hudud qoldirmasak va zich o'ynasak, g'alaba qozonishimiz ham, yaxshi natija bilan maydonni tark etishimiz ham mumkin. Endi qo'rqadigan yoki yo'qotadigan narsamiz yo'q — har qanday holatda ham ochko olishimiz shart. Eng muhimi — mag'lub bo'lmaslik. Keyin uchinchi o'yinda ham ochko yig'ish kerak bo'ladi. Albatta, Kongo ham oson raqib emas.
Guruhdan chiqish uchun 4 ochko yetarli bo'lishi mumkin. Bu bilan uchinchi yoki ikkinchi o'rinni egallash mumkin. Ehtimol, hatto birinchi o'rinni ham», — deya Irismetovning so'zlarini keltiradi Metaratings.
Ja'far Irismetov: «Guruhdan chiqishimizga 4 ochko yetarli. Bu bilan hatto 1-o'rinni egallashimiz mumkin»
Futbol
19 iyun, 00:10
O'zbekiston milliy jamoasining sobiq hujumchisi Portugaliya va Kongo bilan o'yinlar haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Portugaliya
-
:
-
O‘zbekiston