«Yuventus» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson bilan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda jurnalist Jovanni Albaneze xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «zebralar» bosh murabbiyi Luchano Spaletti o'z tarkibida ikkita kuchli forward bo'lishini istaydi.
Ammo agar turinlik grand bitta hujumchi uchun pul sarflashga tayyor bo'lsa, ikkinchi o'yinchi borasidagi kelishuv futbolchilarning sotuviga bog'liq bo'ladi.
Senegallik 24 yoshli forward o'tgan mavsumni «Bavariya»da ijaraga asosida o'tkazdi. Myunxen klubi libosida 34 ta o'yinda 11 ta gol urdi va to'rt marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.
O'z navbatida «Chelsi» Jeksonni taxminan 70 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.