Chexiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek JCh-2026 2-turida JAR bilan (1:1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yinni ijobiy baholayman. To‘pni nazorat qilishda juda yaxshi, haqiqatan ham iqtidorli futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynadik. Aslida biz yaxshi boshladik, gol urdik. Shundan so‘ng bizda yana to‘rt yoki beshta deyarli golli vaziyatlar bo‘ldi, aynan shu yerda biz o‘yinni boy berdik. Keyin penalti bilan bog‘liq vaziyat yuz berdi… Aytishim mumkinki, biz ikkita gol urishimiz kerak edi.
Raqib o‘yin so‘nggida qarshi hujumga o‘tishdi, bu katta kuch talab qildi. Futbolchilar borini berib harakat qilishdi, ularning oyoqlarini tomir tortishdi, Golesh va Chervda… Men yigitlarni ayblay olmayman, aksincha, ularni maqtashim mumkin. Ular bor kuchlarini sarflashdi, bu esa ko‘pincha g‘alabadan ham muhimroqdir.
Yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. O‘yinni qurish uchun asos bor, biz buni tahlil qilamiz va bu tendentsiyani davom ettirishdan mamnun bo‘lamiz. Endi oldimizda turnir mezboni Meksika bilan o‘yin bor, uchrashuv qanday o‘tishini ko‘ramiz. Biz choralar ko‘ramiz, strategiya ishlab chiqamiz va hali kurashdamiz», – deya Koubekning so‘zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.