Bugun
6
O'zbek

Viktor Munos – "Liverpul" futbolchisi

Futbol
18 iyun, 15:40
22 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Viktor Munos – "Liverpul" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Liverpul" klubi vinger Viktor Munosning "Osasuna"dan transfer qilinganini e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, 22 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Avvalroq OAV mersisaydliklar Munosni "Osasuna"dan 40 million yevroga sotib olish bandini faollashtirgani haqida xabar bergandi.

Eslatib o'tamiz, Viktor "Barselona" va "Real" yoshlar jamoalarida o'ynagan. U 2025 yilning yozidan buyon Pamplona klubi safida o'ynab kelayotgan edi.

Shu davr mobaynida ispaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, vingerning bozor narxi 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar