Jahon chempionati 2-turning ilk bahsida Chexiya milliy jamoasi JAR bilan bellashdi.
Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab yevropaliklar 6-daqiqada Sadilekning golidan so'ng hisobni ochdi. 83-daqiqada Mokoea esa penaltidan muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, Chexiya va JAR ikkinchi turdan so'ng bir ochkodan ega. Guruhning ikkinchi bahsida Meksika va Janubiy Koreya o'zaro bellashadi.
JCH-2026. 2-tur
Chexiya – JAR 1:1
Gollar: Sadilek 6 – Mokoea 83 penalti
Chexiya: Kovaj, Soufal, Granach, Kreychi, Golesh, Darida, Cherv (Zima, 78), Sadilek (Souchek, 67), Soyka, Glojek (Provod, 67), Shik.
JAR: Uilyams, Modiba, Mbokazi, Mudau, Okon, Mokoea, Mbata, Adams, Appollis, Maseko, Reyners (Makgopa, 66).