Termizning "Surxon" klubi 4 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e'lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, darvozabon Artyom Potapov, himoyachilar Jamoliddin Xojaniyozov, Javohir Jo'rayev va Behruz Jumayev bilan amaldagi mehnat shartnomalari o'zaro kelishuv asosida bekor qilindi.
"Jamoamiz nomidan ushbu futbolchilarga klubimiz safidagi faoliyati davomida qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.