«Liverpul», «Chelsi», «Tottenhėm» va «Nyukasl» Shvetsiya milliy jamoasi hamda «Brayton» yarimhimoyachisi Yasin Ayariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «chaykalar» klublarning 22 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishidan xabardor va shu sababli shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
O'tgan mavsumda Ayari barcha turnirlarda 32 ta o'yinda ishtirok etib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.