Bugun
14
O'zbek

«MYu» Amorimning «Milan» bosh murabbiyi bo'lishidan manfaatdor

Futbol
14 iyun, 13:30
Portugalialik mutaxassis bosh murabbiylikka qaytsa, mankunianliklar kamroq tovon puli to'laydi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«MYu» Amorimning «Milan» bosh murabbiyi bo'lishidan manfaatdor
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiy Ruben Amorim va uning shtabi ketganidan so'ng to'lanadigan tovon pulini qisqartirishi mumkin.

Utdreport'ning The Telegraph jurnalisti Jeyms Daker ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, portugalialik mutaxassis «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi. Shu sababli mankunianliklar to'lashi lozim bo'lgan tovon miqdori sezilarli darajada kamayishi mumkin.

Fevral oyida «Manchester Yunayted»ning moliyaviy hisobotida Amorim va uning xodimlari bilan bog'liq kompensatsiya to'lovlari uchun 15,9 million funt sterlinggacha mablag' talab qilinishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

Endi esa yoshli mutaxassisning tez orada yangi ish joyiga ega bo'lishi ehtimoli yuqori bo'lgani uchun yuqoridagi qiymat ancha qisqarishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Milan Milan
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar