Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. F guruhi shunisi bilan ahamiyatliki, barcha to'rtta jamoada pley-offga chiqish uchun imkoniyat bor. Yakkol favorit — Niderlandiya, biroq ularning tarkibi raqiblarni imkoniyatsiz qoldiradigan darajada kuchli emas.
Yaponlar an'anaga ko'ra oxirigacha kurashadi, maydonda borlarini berib o'ynaydi va so'nggi jahon chempionatlarida doimo guruhdan chiqishadi. Shvetsiya musobaqaga qiyinchilik bilan chiqdi, ammo uning tarkibida Yevropa futbolining ko'zga ko'ringan yulduzlari bor. Tunis to'rtinchi o'rin uchun asosiy da'vogar bo'lib ko'rinmoqda, lekin qog'ozda, amalda esa sensatsiya qayd etishga tayyor. Demak, F guruhi haqida so'z yuritamiz.
Niderlandiya

Bosh murabbiy: Ronald Kuman 2023 yilda milliy jamoaga qaytdi. U avval ham "apelsinlar" bilan ishlagan, biroq kovid tufayli qoldirilgan Yevropa chempionatini kutmasdan "Barselona"ga ketgan.
Kataloniyada esa muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Qaytganidan so'ng gollandlar Yevro-2024 da yomon ishtirok etmadi: yarimfinalgacha yetib bordi va faqat so'nggi daqiqalarda Angliyadan hal qiluvchi golni o'tkazib yubordi. Biroq jamoa klassik golland futbolini namoyish etmagani uchun muxlislar tomonidan tanqid qilindi. O'shandagi Niderlandiya ehtiyotkor edi, to'pga ko'p egalik qilishga intilmadi va hujumda mahoratli kombinatsiyalarni ko'rsatmadi.

Yulduz: Jamoa yetakchisi va uning tizimini tashkil etuvchi o'yinchisi — hamon "Liverpul"ning markaziy himoyachisi Virjil van Deyk. U hujumlarni boshlaydi, standartlar vaqtida "ikkinchi qavatda" asosiy xavf tug'diradi va Niderlandiya milliy jamoasi himoyasining markaziy figurasi bo'lib qolmoqda. "Barselona"ning markaziy yarimhimoyachisi Frenki de Yong ham doimo to'p bilan muomalada bo'ladi. Oldingi chiziqda esa Doniyell Malenni ajratib ko'rsatish kerak.
Tarkib:
Darvozabonlar: Bart Verbrüggen ("Brayton"), Mark Flekken ("Bayer"), Robin Rufs ("Sanderlend")
Himoyachilar: Virjil van Deyk ("Liverpul"), Mikki van de Ven ("Tottenhem"), Paul van Hekke ("Brayton"), Natan Ake ("Manchester Siti"), Denzel Dümfris ("Inter"), Hato ("Chelsi"), Justin Timber ("Arsenal").
Yarimhimoyachilar: Frenki de Yong ("Barselona"), Tiani Reynders ("Manchester Siti"), Justin Kluyvert ("Bornmut"), Kvinnten Timber ("Marsel"), Tyon Koopmeyners ("Yuventus"), Rayyan Gravenberh ("Liverpul"), Marten de Ron ("Atalanta"), Gus Til (PSV), Mats Viffer ("Brayton").
Hujumchilar: Kodi Gakpo ("Liverpul"), Doniyell Malen ("Roma"), Brayyan Brobbi ("Sanderlend"), Noa Lang ("Galatasaroy"), Memfis Depay ("Korintians"), Vekhorst ("Ayaks"), Krisensio Sammervill ("Vest Xem"
Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta tahliliga ko'ra): 3,6 foiz.
Yaponiya

Bosh murabbiy: 2018 yildan buyon jamoani Xadzime Moryasu boshqarib kelmoqda. JCH-2022 da ushbu mutaxassis Yaponiya bilan guruhda Ispaniya va Germaniyani mag'lub etib, sensatsiya yaratdi, biroq keyin 1/8 finalda Xorvatiyadan mag'lubiyatga uchradi. Moryasu milliy jamoada intizomni ushlab turadi, hech kimga dangasalık qilishga va kam ishlashga yo'l qo'ymaydi. Aynan shu sababli ham yapon jamoasi juda mehnatkash va kam xato qiladi.

Yulduz: "Brayton" vingeri Kaoru Mitoma milliy jamoaning asosiy yulduzi hisoblanadi. Afsuski, u jarohati sababli jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Shuningdek, Niderlandiya chempionatida 25 ta gol urgan "Feyenoord" hujumchisi Ayase Ueda.
Hujumning yorqin o'yinchisi – "Ayntraxt"ning hujumkor yarimhimoyachisi Ritsu Doan, "Real"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Real Sosiedad"da to'p tepayotgan Takefusa Kubo. "Kristal Peles" safida Konferensiyalar Ligasagi g'olibi Dayti Kamada maydon markazida hammadan ko'p mehnat qiladi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Tomoki Hayakawa ("Kashima Antlers"), Keisuke Osako ("Sanfrecce Xirosima"), Zion Suzuki ("Parma").
Himoyachilar: Yuto Nagatomo ("Tokio"), Sogo Taniguchi ("Sankt-Trüden"), Kou Itakura ("Ayaks"), Suyoshi Vatanabe ("Feyenoord"), Takehiro Tomiyasu ("Ayaks"), Hiroki Ito ("Bavariya"), Ayumu Seko ("Gavr"), Yukinari Sugawara ("Verder"), Zyunnosuke Suzuki ("Kopengagen").
Yarimhimoyachilar: Dzunya Ito ("Genk"), Daychi Kamada ("Kristal Peles"), Ritsu Doan ("Ayntraxt"), Ao Tanaka ("Lids Yunayted"), Keigo Nakamura ("Reyms"), Kaisyu Sano ("Mayntz"), Takefusa Kubo ("Real Sosiedad"), Yuito Suzuki ("Frayburg").
Hujumchilar: Ayase Ueda ("Feyenoord"), Keisuke Goto ("Sankt-Trüden"), Daizen Maeda ("Seltik"), Kento Shiogai ("Volfsburg"), Koki Ogawa ("NEK Neymegen"), Syuto Machino ("Borussiya M").
Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta tahliliga ko'ra): 1,2 foiz.
Shvetsiya

Bosh murabbiy: Shvetsiya JCH-2026 saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan edi va saralash davomida Greym Potterni taklif qildi. Bu kutilmagan holat bo'ldi: Potter "Chelsi" va "Vest Xem"da ishni eplay olmagandi, ammo endi o'zi muvaffaqiyatli ishlagan joyga qaytishga qaror qildi (Shvetsiya Kubogini yutgan va kamtaringina "Estersund"ni yuqori divizionga olib chiqqan). Millatlar ligasi tufayli shvedlar o'tish o'yinlariga yo'l olishdi va yangi murabbiy qo'l ostida Ukraina va Polshani mag'lub etib, yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Yulduz: Shvetsiya tarkibida jahon mashhur ikki hujumchi bor: Viktor Gokeresh va "Liverpul"dan Aleksander Isak. Ikkalasi ham beqaror mavsum o'tkazdi: Gokeresh ko'proq APLga va "to'pchilar"ning o'yin uslubiga moslashish tufayli, Isak esa — jarohatlar sababli. Ammo jahon chempionatiga ikkalasi ham sog'lom va yaxshi sport formasida yetib kelgan. Shuningdek, "Nyukasl"ga katta pulga o'tgan, ammo hozircha sarflangan mablag'ni oqlay olmagan vinger Entoni Elangani ham ta'kidlash joiz.
Tarkib:
Darvozabonlar: Viktor Yuxansson ("Stok Siti"), Kristofer Nordfeldt (AIK), Yakob Videll-Settershtrem ("Derbi Kaunti").
Himoyachilar: Hyalmar Ekdal ("Byornli"), Gabriel Gudmundsson ("Lids"), Isak Hin ("Atalanta"), Emil Holm ("Yuventus"), Gustaf Lagerbilke ("Braga"), Viktor Lindelof ("Aston Villa").
Yarimhimoyachilar: Erik Smit ("Sankt-Pauli"), Karl Starfelt ("Selta"), Elliot Strud ("Mellbyu"), Daniel Svensson ("Borussiya D"), Taha Abdi Ali ("Malmö"), Yasin Ayyari ("Brayton"), Lukas Bergvall ("Tottenhem"), Entoni Elanga ("Nyukasl"), Yesper Karlström ("Udineze"), Benyamin Nyugren ("Seltik"), Ken Sema ("Pafos"), Mattias Svanberg ("Volfsburg"), Besfort Zeneli ("Elfsborg").
Hujumchilar: Aleksandr Bernhardsson ("Xolshteyn"), Viktor Gokeresh ("Arsenal"), Aleksander Isak ("Liverpul"), Gustaf Nilsson ("Bryugge").
Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta tahliliga ko'ra): 0,4 foiz.
Tunis

Bosh murabbiy: JCH-2022 dan so'ng Tunis milliy jamoasida murabbiylar almashinuvi yuz berdi: jamoada olti nafar mutaxassis ishlab ketdi. Nihoyat, rahbariyat asli tunislilik bo'lgan fransiyalik Sabri Lyamushini taklif qildi. Lyamushida jahon chempionatlarida ishlash tajribasi bor: u 2014 yilda Kot-d’Ivuarni boshqargan, ammo jamoani guruhdan olib chiqa olmagan va ishdan bo'shatilgan.
Sabri o'zi — taniqli sobiq fransiyalik futbolchi, 1996 yilgi Yevropa chempionatining yarim finaligacha yetib borgan. Biroq, u hozircha murabbiylik faoliyatida yirik muvaffaqiyatlarga erishgani yo'q.

Yulduz: Asosiy o'yinchilardan biri — "Byornli" a'zosi Hannibal Mejibri. Yarimhimoyachi jarohat tufayli jahon chempionatini o'tkazib yuborishi xavfi ostida edi, biroq tiklanishga ulgurgan.
Tarkib:
Darvozabonlar: Aymen Damen ("Sfaksen"), Sabri Ben Hassan ("Etoile du Sahel"), Abdelmuhib Shamah ("Klub Afriken").
Himoyachilar: Yan Valeri ("Yang Boyz"), Mutaz Neffati ("Norrchoping"), Dilan Bronn ("Servette"), Raed Chihaui ("Monastir"), Montassar Talbi ("Loryan"), Adem Arus ("Qosimpashsha"), Omar Rekik ("Maribor"), Ali Abdi ("Nissa"), Muhammad Amin Hamida ("Esperance").
Yarimhimoyachilar: Ellies Skiri ("Ayntraxt"), Anis Ben Slimane ("Norvich Siti"), Rani Hedira ("Union" Berlin), Mortada Ben Uannes ("Qosimpashsha"), Ismael Garbi ("Augsburg"), Xaj Mahmud ("Lugano"), Gannibal Mejibri ("Byornli").
Hujumchilar: Elias Saad ("Gannover"), Halil Ayari ("PSJ"), Elias Ashuri ("Kopengagen"), Sebastyan Tunetti ("Seltik"), Hazem Masturi ("Dinamo" Makhachkala), Firas Shauat ("Klub Afriken"), Rayan Ellumi ("Vancouver Whitecaps").
Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta tahliliga ko'ra): 0,2%