Live
4
O'zbek

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yinini Entoni Teylor brigadasi boshqarib boradi

Futbol
14 iyun, 10:30
FIFA Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasining mundialdagi ilk o‘yiniga hakamlar tayinladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yinini Entoni Teylor brigadasi boshqarib boradi
Foto: Gettyimages
17.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Kolumbiya Kolumbiya

Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Kolumbiya bahsiga hakamlar tayinlandi.

O‘yinni angliyalik FIFA referisi Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Gari Besvik va Adam Nunn yordam beradi. To‘rtinchi va zaxira hakami sifatida FIFA Kosta-Rika vakillari — Xuan Kalderon va Xuan Karlos Moraga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 18 iyun kuni Mexikodagi «Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston Portugaliya va Kongo DR milliy jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar