Bugun
6
O'zbek

JCH-2026. Oʻzbekiston — Kolumbiya oʻyini chiptalar savdosi boʻyicha turnirda eng yaxshi natija qayd etmoqda

Futbol
11 iyun, 00:50
Ochilish oʻyini boʻlgan Meksika — JAR va Braziliya — Marokash bahslari ham bu borada ortda qolmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Oʻzbekiston — Kolumbiya oʻyini chiptalar savdosi boʻyicha turnirda eng yaxshi natija qayd etmoqda
Foto: Football Ticket Net
17.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Kolumbiya Kolumbiya

Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Kolumbiya oʻyini chiptalar savdosi boʻyicha turnirda eng yaxshi natija qayd etmoqda. Bu haqda oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev xabar berdi.

«Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi uchun 74 725 ta chipta sotilgan. Ayni paytda bu koʻrsatkich jahon chempionatining boshqa har qanday oʻyinidan koʻproq.

Jumladan, ochilish oʻyini boʻlgan Meksika — Janubiy Afrika Respublikasi (73 373) va Braziliya — Marokash (73 719) bahslari ham bu borada ortda qolmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Fabio Kannavaro mundial oldidan oʻzbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar