Kolumbiyalik yarimhimoyachi Xames Rodriges milliy jamoadagi sherigi Luis Diasning «Oltin to'p»ga ega chiqishi haqida gapirdi.
«Dias «Oltin to'p» yutishi mumkinmi? Nega endi yo'q? U men uchun hozir dunyoning eng yaxshi 5 futbolchidan biri bo'lib turibdi.
Agar biz mundialda finalga chiqsak, u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin», — dedi Xames. Ma'lumot o'rnida, Luis yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 51 o'yin o'tkazib, 26 gol va 23 assist muallifi bo'lgan.
Kolumbiya milliy jamoasi esa jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kongo DR va O'zbekiston milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.