Live
1
O'zbek

JCH-2026ga qur'a tashlandi — O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda

Futbol
5 dekabr, 14:10
Mundialda debyut qiladigan O‘zbekiston turnirni Meksikada Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
JCH-2026ga qur'a tashlandi — O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda
Foto: UFA

AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan «Kennedy Center» majmuasida 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

Musobaqada debyut qilayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Uchinchi raqib qit'alararo pley-offdan so‘ng ma'lum bo‘ladi. Bu jamoa Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniyadan biri bo‘ladi.

Fabio Kannavaro jamoasi turnirni Meksikada Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi, so‘ng Portugaliya bilan bahs kutmoqda. 3-tur o‘yini AQShda o‘tkaziladi.

A guruhi
Meksika
Janubiy Koreya
JAR
Pley-off g‘olibi (Yevropa)

B guruhi
Kanada
Shveytsariya
Qatar
Pley-off g‘olibi (Yevropa)

C guruhi
Braziliya
Marokash
Shotlandiya
Haiti

D guruhi
AQSh
Avstraliya
Paragvay
Pley-off g‘olibi (Yevropa)

E guruhi
Germaniya
Ekvador
Kot-d'Ivuar
Kurasao

F guruhi
Niderlandiya
Yaponiya
Tunis
Pley-off g‘olibi (Yevropa)

G guruhi
Belgiya
Eron
Misr
Yangi Zelandiya

H guruhi
Ispaniya
Urugvay
Saudia Arabistoni
Kabo-Verde

I guruhi
Fransiya
Senegal
Norvegiya
Pley-off g‘olibi (qit'alararo)

J guruhi
Argentina
Avstriya
Jazoir
Iordaniya

K guruhi
Portugaliya
Kolumbiya
O‘zbekiston
Pley-off g‘olibi (qit'alararo)

L guruhi
Angliya
Xorvatiya
Panama
Gana

JCH-2026 qur'a natijalari
Foto: FIFA

O‘zbekiston milliy jamoasining taqvimi:
17 iyun
O‘zbekiston — Kolumbiya

23 iyun
Portugaliya — O‘zbekiston

27 iyun
Pley-off g‘olibi — O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar