Bugun
30
O'zbek

Ilyos Zeytullayev: «Umid qilamanki, bir kun kelib OAV futbolchilarim qanday sharoitda mehnat qilayotganini ham ko'rsatadi»

Futbol
21 iyul, 15:37
«Bunyodkor» ustoz "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng jamoadagi moliyaviy holatga to'xtaldi.
Ilyos Zeytullayev: «Umid qilamanki, bir kun kelib OAV futbolchilarim qanday sharoitda mehnat qilayotganini ham ko'rsatadi»
Фото: Бунёдкор ПФК
21.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 1 : 0 Bunyodkor Bunyodkor

Toshkentning «Bunyodkor» klubi safarda «Buxoro»ga qarshi uchrashuvda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'tgan turda ham raqibga imkoniyatni boy bergan «Qaldirg'ochlar» hozirda moliyaviy tomondan ancha og'ir ahvolda.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev bu xususida alohida to'xtalib o'tdi.

«Avvalo, bugun mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazganimizga ishonaman. Raqibimiz juda kuchli jamoa edi. O'yindan keyin yigitlarga ham shuni aytdim: nega aynan bu uchrashuvni mavsumdagi eng yaxshisi deb hisoblayman? Chunki jamoamiz bugun juda og'ir vaziyatda maydonga tushdi. Afsuski, bu holat ommaviy axborot vositalarida deyarli yoritilmayapti. Umid qilamanki, OAV bir kun kelib futbolchilarim qanday sharoitda mehnat qilayotganini ham ko'rsatadi.

Shu vaziyatlarning barchasini inobatga olsak, bugun munosib o'yin namoyish etdik. Futbolchilarim barcha qiyinchiliklarga qaramay, haqiqiy professional ekanini, o'z ishini sidqidildan bajarayotganini isbotladi. Shuning uchun ularga nisbatan zarracha ham e'tirozim yo'q. Aksincha, ularga faqat eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

- Siz hozir jamoadagi vaziyat haqida gapirdingiz va bu holat OAVda yoritilmayotganini aytdingiz. Hozir bu haqida ochiq gapirish imkoniyatingiz bor. Shu masalaga to'xtalsangiz.

- Ha, albatta. Bizning vaziyatimiz juda og'ir. Ba'zida boshqa klublar yoki ayrim insonlar bizni qo'llab-quvvatlash uchun: «Biz ham shunday holatdamiz», deyishadi. Ammo rostini aytsam, shunda futbolchilarimga achinaman. Chunki bizning vaziyatimizni boshqalarniki bilan taqqoslab bo'lmaydi.

Yana bir bor takrorlayman: bu futbolchilar, legioner futbolchilar, xorijlik mutaxassislar, jumladan men ham, o'z mehnatimiz uchun olishimiz kerak bo'lgan haqlarni ololmayapmiz. Gap dekabr, yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun va iyul oylari haqida ketyapti. Lekin bir narsaga aniqlik kiritaman: futbolchilarning har birining amaldagi shaxsiy shartnomalari bor. Ular aynan o'sha shartnomalarda belgilangan maoshlarini olishmayapti. Holbuki, ular har kuni maydonga chiqib, bugun ko'rganingizdek, oyog'ini sindirib qo'yish, faoliyatini yakunlash yoki jamoasiz qolish xavfi ostida mehnat qilmoqda. Shunga qaramay, ular oxirigacha kurashmoqda.

Hozirning o'zida olti nafar futbolchi klubni tark etdi. Yana uch-to'rt nafar futbolchi ham ketish arafasida. Men shunchaki haqiqiy futbol muxlislari, futbolni chin dildan sevadigan insonlar bu vaziyatni bilishini, bizni tushunishini istayman. Bu mening qalbimdagi dard, xolos. Chunki men o'zim ham sobiq futbolchiman, hozir esa murabbiyman. Futbolchilarimga qarayman: ularning oilasi, farzandlari, ota-onalari bor. Bu holat menga juda og'ir botadi.

Ammo bugungi o'yinni alohida ta'kidlamoqchiman. Barcha muammolarni bir chetga surib, "Buxoro"ga qarshi ko'rsatgan o'yinlari uchun yigitlarim bilan faxrlanaman», - deya Ilyos

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar