Bugun
18
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: «Chempionga qarshi bahsda omadimiz kelmadi»

Futbol
17 iyul, 12:00
«Buxoro» ustozining jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Aleksandr Xomyakov: «Chempionga qarshi bahsda omadimiz kelmadi»
Фото: Бухоро ПФК

Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Buxoro» (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

«Avvalo barchani mavsumning ikkinchi yarmi start olgani bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, hammamiz o‘zimizning futbolni sog‘inib qolgandik. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, amaldagi chempionga qarshi kurash olib bordik va jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik.

Hammayoq yaxshi ketayotgandi, biroq bahs oxirlarida gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik. E'tiborni himoyaga qaratdik va bu tushunarli edi. Lekin futbolda 90 daqiqa himoyalanish oson emas. Bugun biz shundan aziyat chekdik. Ayitib o‘tganimdek, chempionga qarshi bahs olib bordik, omadimiz kelmadi. Yana nimayam deyman, «Neftchi»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Xomyakovning so‘zlaridan keltiradi «Buxoro» matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
Bugungi yangiliklar