Tajribali himoyachi Nikolas Otamendi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
«Men uchun abadiy qoladigan narsa bo'lsa, bu oxirigacha ishongan, so'nggi soniyagacha kurashgan va ushbu ranglarni butun qalbi bilan himoya qilgan ajoyib jamoa bilan birga bosib o'tgan yo'limdan faxrlanishdir», — deb yozdi Otamendi.
Ma'lumot uchun, 38 yoshli futbolchi Argentina milliy jamoasi safida 2009 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi. Bu vaqt davomida u JCH-2022 g'olibi, ikki marta Amerika Kubogi hamda Finalissima musobaqasi g'olibligini qo'lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi