Live
2
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: "Hozircha transfer siyosatini olib bormayapmiz"

Futbol
21 iyul, 15:50
"Buxoro" ustozi "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Aleksandr Xomyakov: "Hozircha transfer siyosatini olib bormayapmiz"
Фото: Бухоро ПФК
21.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 1 : 0 Bunyodkor Bunyodkor

"Buxoro" klubi "Bunyodkor"ga qarshi o'tgan og'ir bellashuvda yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Mazkur bahsdan so'ng buxoroliklar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Aleksandr Andreevich, bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

"Albatta, juda xursandman. Yigitlar og'ir o'yinga qaramay, yana bir bor o'z xarakterlarini namoyish etishdi. Umuman olganda, bugun munosib o'yin ko'rsatishdi, hech bir jihatda raqibga yutqazishmadi.
Tushunarli, o'yinning katta qismida himoyalanishga to'g'ri keldi. Raqib to'pni yaxshi nazorat qildi, maydon markazidan ham yaxshi o'tdi. Lekin yana takrorlayman, yigitlarning fidoiyligi va ulkan ishtiyoqi evaziga gol o'tkazib yubormadik. O'z navbatida esa gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bundan tashqari, yana bir-ikki yaxshi vaziyatimiz ham bo'ldi.
Juda xursandman. Rostdan ham, darvozamiz daxlsiz qolganidan va gol urganimizdan mamnunman. Bugun yigitlar borlarini berib o'ynashdi. Shu sabab ularga minnatdorchilik bildiraman va katta rahmat aytaman.

- Raqib jamoada moliyaviy muammolar borligi aytilmoqda. Sizlarda vaziyat qanday?

- Rahbariyatimiz bizni o'ylaydi, qo'llab-quvvatlaydi va doim jamoamiz holatidan xabardor. Umuman olganda, bizdagi vaziyatni tanqidiy deb aytolmayman.

Shu o'rinda viloyat rahbariyatiga katta rahmat aytish kerak. Ular doimo biz bilan birga. Biz ham o'z navbatida buning mas'uliyatini yaxshi tushunamiz va ularning ishonchini oqlashga, muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz. Bularning barchasi o'zaro bog'liq.
Shuning uchun vaziyatimiz unchalik og'ir emas. Albatta, bundan ham yaxshiroq bo'lishini istardik, ammo umuman olganda shikoyat qilishga asos yo'q. Rahbariyat bizni unutgani yo'q, vaziyatimizni tushunadi va o'z zimmasidagi barcha majburiyatlarni bajarishga harakat qilmoqda.

- Transfer bozori hali ochiq. Jamoaga yangi futbolchilar kelishi mumkinmi?

- Hozircha bunday rejalarimiz yo'q. Albatta, ayrim pozitsiyalar borasida o'ylaysan, ustiga-ustak, jarohat olgan futbolchilarimiz ham bor. Murabbiy sifatida ayrim chiziqlarni kuchaytirishni xohlar edim.
Ammmo hozircha transfer siyosatini olib bormayapmiz va yangi futbolchilarni tarkibga qo'shishni ko'rib chiqmayapmiz. Hozirgi holat shunday", - deya Xomyakovning so'zlaridan keltiradi, Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar