Bugun
6
O'zbek

Kurtua: «Mourinio — yuzingga gapiradigan murabbiy. «Chelsi»dagi davrimizda bahslar bo'lib turardi»

Futbol
12 iyun, 02:30
«Real» posboni jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan munosabatlari haqida gapirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Kurtua: «Mourinio — yuzingga gapiradigan murabbiy. «Chelsi»dagi davrimizda bahslar bo'lib turardi»
Foto: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning yangi bosh murabbiyi Jose Mourinio bilan avvalgi munosabatlari haqida gapirdi. Ular ilgari «Chelsi»da birga ishlashgan.

«Bizda ba'zida bahslar ham bo'lib turardi (kuladi).

Masalan, u meni «Everton»ga qarshi o'yinda zaxiraga o'tkazib qo'ygan, chunki undan oldingi «Aston Villa» bilan bahsda qanotdan berilgan ikkita uzatmani qaytarib yubora olmagandim. Bu uning meni «qo'zg'atish» usuli edi.

Keyingi haftada men yana «Vest Hem»ga qarshi o'yinda darvozada turib, 5-6 ta hal qiluvchi seyvni amalga oshirgandim.

Mourinio — to'g'ridan to'g'ri gapiradigan murabbiy. Men ham shundayman. Biz har doim juda yaxshi munosabatda bo'lganmiz», — deya belgiyalik posbonning so'zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Chelsi Chelsi
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar