"Real" Joze Mourinioning futbolchilar bilan ishlash mahoratiga katta ishonch bildirmoqda.
Payshanba kuni Madrid klubi portugaliyalik mutaxassisning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman eʼlon qildi. Tomonlar oʻrtasidagi shartnoma 3 yilga moʻljallangan.
The Athletic nashri ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqqan. Biroq klubdagilar aynan Mourinioning taklif etilishini istashgan. Chunki ularning fikricha, "jamoa ichidagi salbiy muhitni o'zgartira oladigan yagona inson — shu mutaxassis".
Klub rahbariyati Mourinioning tajribasi va futbolchilar bilan ishlash qobiliyati jamoada ruhiy muhitni yaxshilashga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
"Real"dagilar Mourinioning jamoa atmosferasini o'zgartira oladigan yagona mutaxassis deb hisoblashmoqda
Futbol
12 iyun, 05:15
Manbaga ko'ra, klub shu sabab bir qator nomzodlar orasidan portugaliyalik mutaxassisni tanladi.
Foto: Getty Images