Bugun
6
O'zbek

«Real» Munosni Madridga qaytarmaydi

Futbol
12 iyun, 06:16
Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» Munosni Madridga qaytarmaydi
Foto: Getty Images

«Osasuna» klubining 22 yoshli vingeri Viktor Munos Madridning «Real» klubiga qaytmaydi.

Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Munosni qaytib sotib olish imkoniyatidan foydalanmaslikka qaror qilgan. Yaqin orada futbolchi «Nyukasl» safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Inglizlar «Osasuna»ga transfer bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga ulgurgan.

Romanoning yozishicha, «Real» Munosning 50% transfer huquqiga ega va «Nyukasl»ga transfer amalga oshgan taqdirda, ispan grandi taxminan 17 million yevro foyda ko‘radi.

O‘tgan yil yozida «Real» Munosni «Osasuna»ga bor yo‘g‘i 5 mln yevroga sotib yuborgan edi. Yangi jamoasi tarkibida vinger barcha musobaqalarni inobatga olganda 36 o‘yinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osasuna Osasuna
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar