Bugun
7
O'zbek

Bernardu Silva – «Real» futbochisi (Romano)

Futbol
11 iyun, 18:14
Portugalialik 31 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bernardu Silva – «Real» futbochisi (Romano)
Фото: Getty Images

«Real» yarimhimoyachi Bernardu Silva bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugalialik 31 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Eslatib o'tamiz, havbek «Manchester Siti»ni tark etdi va erkin agent maqomida La Liga grandi safiga borib qo'shiladi.

O'tgan mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq Joze Mourinyo jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar