Bugun
14
O'zbek

Kukurelya mart oyida: «Sochimni oldiraman, ammo «Real»ga o‘tmayman»

Futbol
14 iyun, 12:37
Ispaniyalik himoyachining eski intervyusi transfer xabarlari fonida yana muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kukurelya mart oyida: «Sochimni oldiraman, ammo «Real»ga o‘tmayman»
Foto: Getty Images

Yakshanba kuni «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelyaning Madridning «Real» klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda ishonchli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ingliz va ispan klublari transferning asosiy shartlarini kelishib olgan.

Qizig‘i shundaki, bundan atigi ikki yarim oy avval Kukurelya «Real»ga ehtimoliy transfer haqida keskin fikr bildirgandi.

«Agar tanlov qilish kerak bo‘lsa: sochimni oldirishmi yoki «Real»da o‘ynashmi? Men sochimni oldirgan bo‘lardim», — degan edi futbolchi mart oyidagi intervyusida.

Endilikda ushbu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda yana keng muhokama qilinmoqda. Futbolchi yaqin orada bu intervyu haqidagi noqulay savollarga javob berishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Kukurelya jahon chempionati yakunlanganidan keyin yangi klubiga qo‘shiladi.

Avvalroq Madrid klubi bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlangani e’lon qilingandi. Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis aynan Kukurelyani chap qanot himoyasi uchun ustuvor nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar