Live
1
O'zbek

Xedira "Real"da Mourinio shtabidan o'rin oladi — manba

Futbol
14 iyun, 18:40
Germaniyalik sobiq yarimhimoyachi Madrid klubiga qaytishga yaqin.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Xedira "Real"da Mourinio shtabidan o'rin oladi — manba
Foto: Getty Images

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinioning shtabiga Germaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Sami Xedira qo'shiladi.

The Athletic ma'lumotiga ko'ra, 2010-2015 yillarda Madrid klubi safida o'ynagan sobiq futbolchi jamoada yordamchi murabbiy lavozimini egallaydi. Xedira uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ilk tajriba bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, Mourinio jamoa va murabbiylar shtabi o'rtasida bog'lovchi bo'la oladigan yordamchini ko'rishni xohlagan.

Avvalroq portugaliyalik murabbiy Pepeni ham shtabga taklif qilishni rejalashtirgani haqida xabarlar chiqqandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar