Live
1
O'zbek

Noqulay ob-havo sharoiti sabab Oq uy hududidagi UFC turniri kechiktirildi

MMA
14 iyun, 20:05
Dastlabki rejaga ko‘ra, musobaqa soat 05:00 (Toshkent vaqti bilan) da start olishi kerak edi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Noqulay ob-havo sharoiti sabab Oq uy hududidagi UFC turniri kechiktirildi
Foto: UFC

Bugun, 15 iyun kuni AQShdagi Oq uy hududida tarixiy UFC White House — Freedom 250 turniri bo‘lib o‘tadi.

Kechaning asosiy jangi yengil vazn toifasidagi chempionlik bellashuvi bo‘ladi. Unda amaldagi chempion Iliya Topuriya vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Geyjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

UFC’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berishicha, turnir boshlanish vaqti o‘zgartirildi. Dastlabki rejaga ko‘ra, musobaqa 05:00 (Toshkent vaqti bilan)da start olishi kerak edi, ammo noqulay ob-havo sharoiti sabab turnir kechiktirildi. Endi janglar 06:00 da boshlanadi.

Ikkinchi asosiy jangda Aleks Pereyra uchinchi vazn toifasini zabt etishga urinib ko‘radi. U og‘ir vaznda vaqtinchalik kamar uchun Siril Ganga qarshi jang qiladi.

Avvalroq Dana Uayt Mahachevning Oq uydagi turnirda jang qilmasligi sababini aytib o‘tgan edi.

Bugungi yangiliklar