"Sevilya" himoyachisi Nemanya Gudel shartnoma muddati tugagani sababli klubni tark etadi.
Andalusiyaliklar rahbariyati va futbolchi o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng tomonlar 30 iyun kuni shartnoma tugashi bilan o'zaro kelishuv asosida hayrlashishga qaror qilishdi.
"Serbiyalik himoyachi 2019 yil yozida 27 yoshida "Sevilya"ga kelgan va 34 yoshida klubni tark etmoqda. U dastlab to'rt yillik shartnomasini to'liq o'tab, 2023 yilda yana uch yilga uzaytirilgan kelishuv asosida harakat qildi.
U "Ramon Sanches Pisxuan"dagi faoliyati davomida jami 261 ta rasmiy bahsda ishtirok etdi va klub tarixida xorijlik futbolchilar orasida o'yinlar soni bo'yicha beshinchi o'ringa ko'tarildi.
U jamoa bilan 2020 va 2023 yillarda Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.
"Sevilya" Nemanya Gudelga yetti yillik sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi shaxsiy hamda professional faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi», — deyiladi klub bayonotida.
Gudel 7 yillik faoliyatdan so'ng "Sevilya"ni tark etadi
Futbol
12 iyun, 10:35
Serbiyalik himoyachi jamoa bilan ikki bor Yevropa Ligasida zafar quchdi.
Foto: Getty Images