Live
1
O'zbek

"Atletik" Agirrezabalani La Ligaga qaytgan klubga sotdi

Futbol
12 avgust, 19:19
Bilbao klubida darvozabonni qayta sotib olish huquqi bor.
"Atletik" Agirrezabalani La Ligaga qaytgan klubga sotdi
Foto: Racing Santander

"Rasing" Xulen Agirrezabalani o'z safiga qo'shib oldi.

La Ligaga qaytgan klub "Atletik" darvozaboni transferini e'lon qildi. Tomonlar 2031 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

BilbaoHiria ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 4,5 million yevroni tashkil qildi. "Rasing" futbolchining yaxshi natijalari uchun bonuslar sifatida yana 2 million yevro to'lashi mumkin. Shuningdek, agar darvozabon keyinchalik boshqa klubga sotilsa, "Rasing" yana 2 million yevro beradi.

"Atletik"da 25 yoshli posbonni 12 million yevroga qayta sotib olish huquqi bo'ladi.

Agirrezabala o'tgan mavsumni "Valensiya"da ijarada o'tkazdi. U La Liganing 18 ta o'yinida 30 ta to'p o'tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Athletik Athletik
  • Racing Santander Racing Santander
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar