"Tottenhem" sardori Kristian Romero faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.
Argentinalik jurnalist Gaston Edulning ma'lum qilishicha, Argentina milliy jamoasining 28 yoshli himoyachisining transferi kelishilgan.
Fabrizio Romano ham klublar o'rtasida kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Bonuslarni hisobga olgan holda transfer qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.
Manbaga ko'ra, "Inter" bilan muzokaralar iyul oyidayoq barbod bo'lgandi. "Barselona" esa bir necha kun oldin muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi. "Tottenhem" o'z futbolchisini "Arsenal"ga sotishni ham rejalashtirmagan.
Romero 2022 yildan buyon "taqachilar" safida to'p tepib kelayotgan edi va klub bilan 2024/25 yilgi Yevropa ligasida g'olib chiqqan.
Jahon chempioni o'tgan mavsumda APLda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 9 ta sariq va 2 ta qizil kartochka oldi. 2026 yildagi Jahon chempionatida esa 7 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta ogohlantirish oldi.
Romero — "Atletiko" futbolchisi (Romano)
Futbol
12 avgust, 18:30
Argentinalik jahon chempioni faoliyatini Madrid klubida davom ettiradi.
Foto: Getty Images