Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, «Aston Villa» Matteo Rujerini «Atletiko»dan transfer qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Klublar transfer shartlarini kelishib oldi. Bitimning asosiy summasi 25 million yevro, bonuslar bilan esa umumiy qiymat yana 1,5 million yevroga oshishi mumkin.
22 yoshli italiyalik futbolchi ham «Aston Villa» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Agar hujjatlar yaqin soatlarda tasdiqlansa, Rujeri shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Angliyaga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Matteo chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat yuritadi va «Atalanta» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Endi u faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish arafasida.