«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri UEFA Superkubogi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan fikr bildirdi.
«Bunday yuqori saviyadagi jamoa, murabbiy va futbolchilarga qarshi bahs — haqiqiy sinov. Men eng yaxshilarga qarshi o‘ynashni yoqtiraman, chunki bu menga kuchliroq bo‘lishimga yordam beradi», — deya Emerining so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Emeri doimo o‘z tajribasidan foydalanib, rivojlanishga intilishini ta’kidladi. Shuningdek, u «PSJ»dagi barchaning rivojlanishga intilayotganidan xursand ekanini aytdi.
«Biz kurashamiz. Tarkibimiz optimal holatda bo‘lmaydi, ammo «PSJ» ham xuddi shunday vaziyatda. O‘z imkoniyatlarimizni maksimal darajada namoyish etishga harakat qilamiz, biroq baribir favorit «PSJ» bo‘lib qoladi», — dedi mutaxassis.
Ma'lumot uchun, «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UEFA Superkubogi bahsi bugun, 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 13 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi